Yangiliklar – 2023 yil

03.03.2023

#bitiruvchi_2023
Angren shahar 5-umumta’lim maktab 11-sinf o’quvchisi UMARALIYEV ZULFIQOR ingliz tili va matematika fanlaridan XALQARO DUOLINGO (135ball) hamda XALQARO SAT (1600 dan 1460 ball) imtixonlarini topshirib yuqori natijalarni qayd etti.
Shuningdek o’quvchimiz AQSH dagi nufuzli HANDRIX kollejida o’qish uchun $ 25 000 lik grant (scholarship) hamda yana AQSH dagi mashhur HOFSTRA Universitetida o’qish uchun $ 28 000 lik grant (scholarship) ni qo’lga kiritdi.
ZULFIQOR sizga yuksak parvoz tilaymiz, ilm olishdan charchamang ! Ota onangizga raxmat, ta’lim bergan ustozlaringizga raxmat, ma’suliyat bilan a’lo natijalarga erishayotganingiz faxrlidir, sizga OMAD!

10.02.2023

#bitiruvchi_2023
Angren shahar 5-umumta’lim maktab 11 «A» sinf o’quvchilari:
1 Yo’ldoshev Davron Faxriddinovich
2 Raximboyev Samandar
3 Abdusamatov Sardor
IELTS imtixonidan yaxshi natijalarga erishib, muddatdan oldin Buyuk Britaniyaning Toshkent shahridagi filiali – British Management University talabasi bo’lishga muyassar bo’ldi va ularga 29.6mln grant ajratiladi, hamda Buyuk Britaniyadagi Queen Margaret University ning ikkinchi diplomini ham olish imkoniga ega bo’lishadi.
O’quvchilarimizga bundanda yuksak parvozlar tilaymiz!!!

8.01.2023

Angren shahar 5 maktab 7-A sinf o’quvchisi, 13 yoshli Bilolbek Majitov CEFR MULTILEVEL sertifikati sohibi bo’ldi.
Congratulation BILOLBEK !!!